» » AQShda o‘quvchi qiz sinfdoshlarini otib tashlamoqchi bo‘ldi. Uning kundaligini o‘qigan otasi ommaviy qotillikning oldini oldi

AQShda o‘quvchi qiz sinfdoshlarini otib tashlamoqchi bo‘ldi. Uning kundaligini o‘qigan otasi ommaviy qotillikning oldini oldi


AQShning Merilend shtati Tarmont shahrida yashovchi 18 yoshli maktab o‘quvchisi Nikol Sevario 2016-yil dekabr oyidan buyon “Katoktin” maktabida ommaviy qotillikni amalga oshirishga tayyorlanib kelgan. U miltiq va patron sotib olgan. Maktab chizmasini, qo‘riqchilar ish tartibini puxta o‘rgangan, hujum rejasini batafsil tuzgan. Bu haqda Meduza ma’lum qildi.

Qizning rejasini uning kundaligini o‘qigan otasi bilib qolgan va politsiyaga xabar bergan. O‘quvchi butun rejasini o‘z kundaligida batafsil yozib borgan. U hujumni 5-aprelda amalga oshirishni rejalashtirgan. Bundan tashqari, u portlovchi vositalar tayyorlash uchun ham kerakli jihozlar sotib olgan.

Nikol 23-martda politsiya tomonidan hibsga olingan. Uning qotillikka tayyorlanishiga nima sabab bo‘lgani hozircha noma’lum. Nikol 25 yilgacha ozodlikdan mahrum qilinishi mumkin.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (1-04-2017, 00:03)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 72) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют