» » Video: Farg‘onada salkam ikki mlrd so‘mlik Qur’on kitobini Qirg‘izistonga sotayotgan buxorolik qo‘lga olindi

Video: Farg‘onada salkam ikki mlrd so‘mlik Qur’on kitobini Qirg‘izistonga sotayotgan buxorolik qo‘lga olindi


Farg‘ona viloyatida XVI asrga tegishli bo‘lgan Qur’on kitobining noyob nusxasini qirg‘izistonlik fuqaroga 150 ming AQSh dollariga sotishga uringan shaxslar qo‘lga olindi, deb xabar beradi “Togri.uz”.

Kitob buxorolik 49 yoshli Farruh Sharapov tomonidan Farg‘onaga sotish uchun olib kelingan. Dastlab, u Qo‘qon shahrida yashovchi tanishi Abdumalik Qosimov bilan uchrashib, unga o‘z rejasini aytadi. Ular qo‘shni Qirg‘izistondan xaridor topib, u bilan Farg‘ona viloyatining “Chimyon” qishlog‘ida ko‘rishadi. Kelishuvga asosan, Farruh Sharapov 150 ming AQSh dollarini olganidan so‘ng, kitobni O‘zbekiston chegarasidan aylanma yo‘llar orqali Qirg‘izistonga o‘tkazib berishi kerak bo‘lgan.

O‘zbekiston madaniyat vazirligining ekspertiza xulosasiga ko‘ra, XVI asrda qo‘lyozma shaklida bitilgan ushbu “Qur’oni Karim” usta hattot Mulla Yusuf Sahhof tomonidan kitob shakliga keltirilgan va taxminan XIX asr oxiri XX asr boshlarida qayta restavratsiya qilingan. Mutaxassislarning fikricha, Samarqand hattotlik maktabi uslubida yozilgan, qariyb 5 asrlik tarixga ega, sahifalariga oltin suvi yuritilgan, benazir, qo‘lyozma kitobning taxminiy qiymati 1 milliard 880 million so‘mga teng.

Hozirda ushbu holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda. Tarixiy, ilmiy va badiiy qiymatga ega bo‘lganligi bois, ushbu Qur’on kitobi respublika hududidan olib chiqib ketilishi ta’qiqlangan kitoblar sirasiga kiradi va endi kitob O‘zbekiston tarixi davlat muzeyiga topshiriladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-10-2019, 17:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 96) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют