» » Yer resurslari bo‘yicha o‘tkazilgan onlayn-auksionlarning haftalik natijalari e’lon qilindi

Yer resurslari bo‘yicha o‘tkazilgan onlayn-auksionlarning haftalik natijalari e’lon qilindi


7—11-oktabr kunlari “E-ijro auksion” elektron onlayn-auksion savdolarida boshlang‘ich narxi 1 so‘mga teng qiymatdagi 4 ta bo‘sh turgan davlat mulki obyektlari, 167 ta yer uchastkasiga bo‘lgan huquq va sud hujjatlarini ijro etish bo‘yicha 65 ta obyekt sotildi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Yer uchastkalariga bo‘lgan huquq

Yer resurslari bo‘yicha elektron onlayn-auksionlarda ushbu haftada jami 167 ta boshlang‘ich narxi 668,9 million so‘mlik yer uchastkalariga bo‘lgan huquq 57 milliard 553,8 million so‘mlik investitsiya kiritish va 706 ga yaqin yangi ish o‘rinlarini yaratish sharti bilan 1 milliard 798,1 million so‘mga sotildi.

Shuningdek, “E-ijro auksion” yagona elektron savdo maydonchasida hozirgi kunda 3 905 ta boshlang‘ich narxi 107 milliard 538 million so‘mlik bo‘sh yer uchastkalari elektron onlayn-auksion savdolarida realizatsiya qilish uchun joylashtirilgan.

Sud hujjatlarini ijro etish bo‘yicha

Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etishda mol-mulkni realizatsiya qilish bo‘yicha bo‘lib o‘tgan elektron onlayn-auksionlarda ushbu hafta jami 65 ta obyekt 19 milliard 533,2 million so‘mga sotildi. Hafta davomida 97 ta obyekt elektron onlayn-auksion savdolariga chiqarildi.

Davlat mulki obyektlari

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi hududiy boshqarmalari tomonidan ushbu haftada “E-ijro auksion” elektron onlayn-auksion savdolarida boshlang‘ich narxi 1 so‘m qilib belgilangan bo‘sh turgan 4 ta davlat mulki obyekti 2 milliard 900 million so‘m investitsiya kiritish, 52 ta yangi ish o‘rinlarini yaratish sharti bilan 4,0 million so‘mga sotildi.

Shu bilan birga, “E-ijro auksion” elektron savdo maydonchasiga qo‘yilgan davlat ko‘chmas mulk obyektlari jami 9 ta baholangan narxi 9 milliard 43,9 million so‘m bo‘lgan davlat ko‘chmas mulk obyektlari 9 milliard 576,0 million so‘mga realizatsiya qilingan.

7 ta boshlang‘ich qiymati 8 milliard 925 million so‘m bo‘lgan davlat ulushlari 9 milliard 451 million so‘m qiymatida sotilgan.

Daryo o‘zanlarini tozalash huquqi

Hafta davomida jami 2 ta boshlang‘ich narxi 548,2 million so‘mlik yer uchastkasiga bo‘lgan huquq elektron onlayn-auksion savdolariga chiqarildi.

Shu bilan birga hafta davomida “E-ijro auksion” yagona elektron savdo maydonchasida 3 ta daryo o‘zanlarini tozalash loyihalari 574,1 million so‘mga sotildi.

“E-ijro auksion” yagona elektron savdo maydonchasida hozirgi kunda 31 ta boshlang‘ich narxi 10 milliard 106 million so‘mlik daryo o‘zanlarini tozalash loyihalari elektron onlayn-auksion savdolarida realizatsiya qilish uchun joylashtirilgan.

Metall qazib olish huquqi

Shu bilan birga, hafta davomida jami 4 ta boshlang‘ich narxi 30 million so‘mlik qimmatbaho metallarni qazib olish huquqi 39,7 million so‘mga sotildi.

Shuningdek, “E-ijro auksion” yagona elektron savdo maydonchasida hozirgi kunda 6 ta boshlang‘ich narxi 45 million so‘mlik qimmatbaho metallarni qazib olish huquqi elektron onlayn-auksion savdolarida realizatsiya qilish uchun joylashtirilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-10-2019, 11:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 45) ( 0) ( 43) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют