» » O‘zbekistonda to‘qqiz oyda nechta korxona va tashkilot tashkil etilgani ma’lum qilindi

O‘zbekistonda to‘qqiz oyda nechta korxona va tashkilot tashkil etilgani ma’lum qilindi


Davlat statistika qo‘mitasi joriy yilning 1-oktabr holati bo‘yicha yuridik shaxs bo‘lgan korxonalar va tashkilotlar demografiyasiga oid tahliliy ma’lumotlarni taqdim etdi.

2019-yilning yanvar–sentabr oylarida respublikada 75,6 mingtaga yaqin korxona va tashkilotlar yangi tashkil etildi. Bu esa o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 32,8 mingtaga ko‘pdir. Natijada, ro‘yxatdan o‘tgan korxona va tashkilotlar soni o‘tgan yilning shu davriga solishtirilganda 72,8 mingtaga (22 foiz) o‘sgan hamda ularning umumiy soni 404 mingtani tashkil etgan.

1-oktabr holatiga ko‘ra, iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha 24,8 foiz savdo, 17,7 foiz sanoat, 9,2 foiz qurilish, 7,5 foiz qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligi, 6,4 foiz yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar, 3,9 foiz tashish va saqlash, 2 foiz axborot va aloqa, 1,9 foiz sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish hamda 26,6 foiz boshqa faoliyat turlari hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.

Hududlar bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tgan korxona va tashkilotlar soni eng ko‘pi Toshkent shahri (84 072 ta), Toshkent (42 283), Farg‘ona (35 069), Andijon (32 551) va Samarqand (32 103) viloyatlari hissasiga to‘g‘ri keladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-10-2019, 14:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 56) ( 0) ( 54) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют