» » Toshkentda Amir Temur hayoti haqidagi gologramma teatr tomoshasi taqdimoti o‘tkaziladi (video)

Toshkentda Amir Temur hayoti haqidagi gologramma teatr tomoshasi taqdimoti o‘tkaziladi (video)


O‘zbekistonda ilk marta buyuk sarkarda Amir Temur hayoti haqida hikoya qiluvchi gologramma teatr tomoshasi sahnalashtirildi. Loyiha ijodkorlarining ma’lum qilishicha, tomoshani sahnalashtirish uchun ikki yil mehnat qilingan. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Gologramma uslubida sahnalashtirilgan tomoshalar jahon kinosanoatida ancha ommalashgan. Ushbu uslubdagi sahna ko‘rinishlarida hamma obrazni bir nafar aktyor ijro etadi.

Markaziy Osiyoda ilk marotaba sahnalashtirilgan gologramma spektaklida Amir Temur obrazini aktyor Rahimjon Dusanov gavdalantirmoqda. 15 daqiqa davom etadigan spektakl kelgusi uch oy davomida poytaxtdagi Yoshlar ijod saroyida namoyish etiladi. Sahna ko‘rinishida har bir soniya hisobga olingan, shuning uchun o‘ta qiziquvchan tomoshabin ham haqiqiy aktyorni kompyuter grafikasidan farqlay olmaydi, deyiladi xabarda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-10-2019, 17:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 75) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют