» » Video: Qoraqalpog‘istonda poyezd favqulodda tormoz berib Nexia’ni urib to‘xtadi

Video: Qoraqalpog‘istonda poyezd favqulodda tormoz berib Nexia’ni urib to‘xtadi


Qoraqalpog‘istonda 13-oktabr, yakshanba kuni Qo‘ng‘irot—Toshkent poyezdi va Nexia avtomobili o‘rtasida to‘qnashuv yuz berdi. Bu haqda IIV Transportda xavfsizlikni ta’minlash boshqarmasi “Daryo”ga ma’lum qildi.

Xabar berilishicha, 13-oktabr kuni soat 16:35 da davlat raqami qora rangli Nexia avtomashinasi temir yo‘lning Nukus—To‘rtko‘l qismi 693-kilometrida qo‘riqlanmaydigan kesishmadan yo‘lni kesib o‘tayotgan vaqtida, Qo‘ng‘irot—Toshkent yo‘lovchi poyezdi favqulodda tormoz berib, avtomobilni urib to‘xtagan.

Ushbu avtomobil Nukus shahrida yashovchi M.A.ga tegishli ekanligi aniqlangan. To‘qnashuv vaqtida mashina uning egasining o‘g‘li 1985-yilda tug‘ilgan Marat Allamuratov boshqaruvida bo‘lgan va avtomobilda uch nafar yo‘lovchi bo‘lgan.

Poyezd soat 16:35 da to‘xtab, 16:52 da o‘z yo‘nalishini davom ettirgan. To‘qnashuv oqibatida hech kim jabrlanmagan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-10-2019, 20:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 80) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют