» » Apple arzon iPhone ishlab chiqaradi

Apple arzon iPhone ishlab chiqaradi


Apple kompaniyasi 2020-yilning boshida iPhone SE 2 nomli smartfonni taqdim etadi. Bu haqda MacRumors xabar berdi.

Smartfon iPhone 8 ning korpusida ishlab chiqariladi, biroq xususiyatlari jihatdan u iPhone 11 ga yaqin bo‘ladi, ya’ni A13 protsessori, uch gigabayt hajmli tezkor va 64/128 gigabaytli doimiy xotira. Qurilma 3D Touch funksiyasiga ega bo‘lmaydi. Smartfon qora, oq va qizil ranglarda chiqariladi.

Telefonning savdosi 2020-yilning birinchi yarmida boshlanadi. Qurilmaning eng arzon narxi 400 dollarni tashkil qiladi.

Original iPhone SE 2015-yilda chiqqan, uning ishlab chiqarilishi XS’ning chiqarilishi ma’lum qilinganidan keyin to‘xtatilgan. Smartfonga haligacha kompaniya tomonidan xizmat ko‘rsatiladi va ayni paytda qurilmaga iOS so‘nggi talqinlarini o‘rnatish mumkin.

Mavzuga doir: Apple iPhone 11 va iPhone 11 Pro smartfonlarini taqdim etdi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-10-2019, 04:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 46) ( 0) ( 45) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют