» » Bloger Samsung Galaxy S8 ni o‘z yuzining surati bilan blokdan chiqarishga muvaffaq bo‘ldi (video)

Bloger Samsung Galaxy S8 ni o‘z yuzining surati bilan blokdan chiqarishga muvaffaq bo‘ldi (video)


Shu yilning 29-mart kuni Samsung kompaniyasi Galaxy S8 va S8 Plus yangi smartfonlarini taqdim etdi. Kompaniya vakillari “ma’lumotlarning murosasiz himoyasi”ni va’da qilgan edi: odatiy parol va suratli-paroldan tashqari, smartfon barmoq izlari, ko‘z hamda yuzni aniqlash skanerlari bilan jihozlangan, deb yozadi TJournal.

Marcianotech taxallusli videobloger smartfonlarga bag‘ishganlan Periscope servisidagi jonli translyatsiya vaqtida telefonni blokdan chiqarishda yuzni aniqlash funksiyasini aldash mumkin-mumkinmasligini tekshirib ko‘rmoqchi bo‘ldi.

Buning uchun videobloger telefonlarning birida o‘zini suratga oldi va uni Galaxy S8 ning ekraniga tekkazishni boshladi. Marcianotech qurilma himoyasidan o‘tish uchun suratni qanday masofada ushlash kerakligini bilolmay, 5 daqiqa davom etgan tajribadan so‘ng oxir-oqibat smartfonni blokdan chiqara oldi.

Galaxy S8 ni o‘rganib chiqqan aksariyat OAV yuzni aniqlash tizimi yangi smartfonning eng kuchsiz himoyasi ekanini ta’kidladi. Jurnalistlarning qayd etishicha, ushbu muammoni Samsung kompaniyasidagilar ham biladi: shu sababli yuzni skan qilish yordamida Samsung Pay orqali xaridlarni amalga oshirib bo‘lmaydi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (1-04-2017, 12:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 88) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют