» » Zangiotada maymun bolasini O‘zbekistondan noqonuniy olib chiqishga uringan shaxslar qo‘lga olindi 

Zangiotada maymun bolasini O‘zbekistondan noqonuniy olib chiqishga uringan shaxslar qo‘lga olindi 


Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi kontrabanda va bojxona qonun buzilishiga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida noodatiy bojxona qonun buzilish holati o‘z vaqtida fosh etildi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati “Daryo”ga xabar berdi.

Tadbir davomida Toshkent viloyati Zangiota tumani hududidan o‘tuvchi davlatimiz chegaralari yaqinida turgan Spark rusumli avtomashina bojxonachilarimiz e’tiborini tortdi va avtoulov hamda uning ichida o‘tirgan fuqarolar F.U. va J.S.lar belgilangan tartibda xolislar ishtirokida nazoratdan o‘tkazildi.

Natijada avtomashina salonida noyob orangutan turiga mansub maymun bolasi borligi ma’lum bo‘ldi.

“Shuningdek, fuqaro U.F. bojxonachilarni payqashi bilanoq uddaburonlik bilan mashina yoniga uloqtirgan tamaki qutisi ham tekshirildi.

Tekshiruv jarayonida tamaki qutisida 0,36 gramm gashish giyohvandlik moddasi borligi aniqlandi. Fuqaro J.S.ga tegishli sumkada esa 4 dona turli dori vositalari borligi ham ma’lum bo‘ldi”, — deyiladi xabarda.

Qonunbuzardan olingan maymun bolasi Toshkent hayvonot bog‘iga topshirildi. Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-10-2019, 11:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 68) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют