» » O‘zbekistonga bir ayol tomonidan 3000 dollar va 25 million so‘mlik moddiy boyliklar noqonuniy olib kirilishining oldi olindi

O‘zbekistonga bir ayol tomonidan 3000 dollar va 25 million so‘mlik moddiy boyliklar noqonuniy olib kirilishining oldi olindi


Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi “G‘ishtko‘prik” bojxona kompleksi xodimlari O‘zbekistonga qo‘shni davlatdan kirib kelgan o‘zbekistonlik ayolning noqonuniy xatti-harakatlarini fosh qildi, deb xabar beradi Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati.

Ayolga tegishli qo‘l yuklari ichidagi to‘qish uchun mo‘ljallangan ip-kalavalardan birining orasiga 3000 dollar miqdoridagi naqd xorijiy valyuta yashirilganligi aniqlandi.

Kalavalardan yana birining orasiga esa 92 grammdan ortiq tilla taqinchoqlar berkitilgani ma’lum bo‘ldi. Noqonuniy ravishda olib o‘tishga urinilgan mazkur 49 dona zargarlik buyumining umumiy qiymati dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra salkam 12 million so‘mni tashkil qiladi.

Qonunbuzar ayol bojxona xodimlarining og‘zaki so‘rovi paytida va yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida ma’lum qilmasdan turib, avtotransport vositalari uchun mo‘ljallangan uch dona antiradar, ikki dona uyali aloqa vositasi va bitta DVD-pleyerini ham noqonuniy ravishda olib kirishga uringani aniqlandi.

Shu tariqa ayolning qiymati taxminan 25 million so‘mdan ortiq bo‘lgan tovar-moddiy boyliklarni noqonuniy ravishda olib kirish rejasi fosh etildi. Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona tekshiruvlari va surishtiruv jarayonlari davom ettirilmoqda.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (1-04-2017, 12:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 33) ( 0) ( 30) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют