» » Qashqadaryodagi 1710 ta ko‘p qavatli uyning 40 tasi avariya holatida. Qarshida esa markazlashgan kanalizatsiya tizimi umuman ishlamaydi

Qashqadaryodagi 1710 ta ko‘p qavatli uyning 40 tasi avariya holatida. Qarshida esa markazlashgan kanalizatsiya tizimi umuman ishlamaydi


Qashqadaryo viloyatidagi mavjud 1710 ta ko‘p qavatli uyning 40 tasi avariya holatidagi uylar hisoblanadi. Bu haqda Qarshi shahrida Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi va uning viloyat boshqarmasi mutasaddilari ishtirokida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda ma’lum qilindi, deya xabar beradi “Daryo” muxbiri Otabek Qo‘ldoshev.

Tadbirda joriy yil 9 oyi davomida viloyatda kommunal sohada amalga oshirilgan ishlar hamda muammo va kamchiliklar xususida so‘z yuritildi.

Tadbir avvalida so‘z olgan vazirlik vakili Erkin Nabiyev viloyatdagi ko‘p qavatli uylar muammosi yechimiga bag‘ishlangan muhim tadbirga viloyat uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish boshqarmasi boshlig‘ining kelmaganini tanqid qilib, uning mas’uliyatsizligi oqibatida bugun viloyatda uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish sohasida oqsoqliklar kuzatilayotganini ta’kidladi.

Ma’lum qilinishicha, viloyatda ayni kunda 2 ta shahar va 13 ta tumanda joylashgan 1710 ta ko‘p qavatli uy bo‘lib, ularga 155 ta xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati tomonidan xizmat ko‘rsatiladi.

—Viloyatdagi mavjud ko‘p qavatli uylarning 41 tasi avariya holatida edi, — deydi “Uyjoyfondinspeksiyasi”ning viloyat hududiy bo‘limi mas’uli Akrom Xudoynazarov. — Shu ko‘p qavatli uylarning bittasiga mablag‘ ajratilib, ta’mirlash ishlari boshlandi.

Qarshi tuman uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish bo‘limi boshlig‘i Sobit Qosimovning ta’kidlashicha, tumanda markazlashgan kanalizatsiya tizimi ishlamaydi.

— Tumanimizda markazlashgan kanalizatsiya tizimi 2006 yildan beri umuman ishlamaydi, — deydi Sobit Qosimov. — Shu boisdan ham ko‘p qavatli uylar quvurida chiqindi to‘planib qoladi va uzoq vaqtgacha qolib ketadi. Bu esa hududda badbo‘y hid chiqishiga sabab bo‘ladi. Quvurni tozalash uchun sektor rahbarlariga yalinib, barcha tumanlardagi texnikalarni jalb qilamiz va tozalaymiz. Bu esa bizga katta moddiy zarar keltiradi.

Sobit Qosimovning ma’lumot berishicha, Qarshi tumanida ayni kunda 100 ga yaqin ko‘p qavatli uylar bor. Shundan ro‘yxatga olinganlari 66 tani tashkil etadi. So‘ngi 3 yil davomida qurilgan yangi 17 ta ko‘p qavatli uyda ham markazlashgan kanalizatsiya tizimi ishlamaydi.

“Daryo” muxbiri viloyatdagi yana qaysi tumanlarda markazlashgan kanalizatsiya tizimi umuman ishlamasligi bilan qiziqdi. Berilgan savolga viloyat uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Shavkat Tursunov tayinli javob berishdan tiyildi. Gapni aylantirib, aniq ma’lumot keltirmadi. Ammo xulosada bu boradagi ahvol achinarli ekanini ta’kidladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-10-2019, 13:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 75) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют