» » Jumanoidlar hujumi. O‘zga sayyoraga borib kelgan Jumanazar aka ijtimoiy tarmoqlarda trend bo‘ldi

Jumanoidlar hujumi. O‘zga sayyoraga borib kelgan Jumanazar aka ijtimoiy tarmoqlarda trend bo‘ldi


Yaqinda Jumanazar ismli vatandoshimizning MY5 telekanaliga bergan intervyusi chiqdi va xalq orasida katta shov-shuvga sabab bo‘ldi. Gap shundaki, bu suhbat qahramonining aytishicha, u ikki marta o‘zga sayyoraga borib kelgan va tabib bo‘lib qolgan. Undan o‘zga sayyorada qolishini iltimos qilishgan. Uchar likopcha esa faqat uning o‘ziga ko‘rinib olib ketgan emish.

Mavzuga doir:

O‘zga sayyoraliklar borligiga yoxud Jumanazar akaga ishonish uchun 10 sabab

O‘z-o‘zidan tushunarliki, Jumanazar aka ijtimoiy tarmoqlarda rosa ikki kun asosiy qahramon bo‘ldi. Quyida ijtimoiy tarmoqlarda mavzu yuzasidan kelib chiqqan hazil-mutoyibani ko‘rib chiqamiz.

Said Komil ismli bloger shu voqeaga qiyoslangan latifa keltirdi:

Afandini uchar likopcha olib ketdi. Bu haqda Afandining o‘zidan eshiting:

Men, Samarqanddan kechasi to‘ydagi maishatbozlikdan qaytib kelayotgandim. Orqamdan kuzatib kelayotgan NUJ xodimlari sirenasini yoqib to‘xtatishdi.

Tushib qarasam, qo‘lida qizil nurli qilichi bilan turibdi. “Bu yoqqa keling”, dedi. Qo‘rqqanimdan oyog‘im chalishib ketdi. Bordim. O‘zga sayyoralik meni ko‘rib, “qani puflangchi; o‘o‘o‘o‘, zo‘r dam bo‘libdiku. Endi sizni o‘zimiz bilan olib ketamiz”, deyishdi. O‘tgan safaram bormaganman, bu safar ham bormayman, degandim, orasidan qizil shapkali bittasi chiqib, qo‘lidagi rezinka tayog‘ini biqinimga sekin tekkizgandi, xushimdan ketdim. Keyin meni tarelkasiga solib opketishdi.

Avval qanaqadir laboratoriyasiga olib borishdi. Oq xalatli o‘zga sayyoralik meni obdon tekshirish maqsadida tomirimdan  qonimni oldi.

Keyin bizdagi GOMga o‘xshagan joyga oborishdi. Borib, katta kompyuter oldiga kelib, barmog‘imni bir joyga bosgandi, qarasam, ekrandan rasmim chiqdi. O‘zga sayyoraliklar bir nimalarni yozib o‘tirishdi. Keyin “sizni shu yerda olib qolamiz”, deyishdi. Men yo‘q dedim, olgan joyingga oborib qo‘yasan dedim. Agar jahlimi chiqarsang podshoyingga aytaman dedim. Menga aytavering yetkizib qo‘yaman, dedi. Men yana ketaman degandim, haligi qizil shapkali o‘zga sayyoralik yana kelib, sehrli rezinka tayoqchaning orqasi bilan bu safar chap biqinimga tekkizgandi, yana o‘zimdan ketib qoldim. Ko‘zimi ochsam, reshyotka ortidaman.

Facebook’chilar birin-ketin askiyaga qo‘shildi.

Twitter’chilar ham ortda qolgani yo‘q.

Andijonlik Twitter’chi Andijon hokimining mashina sovg‘a qilishga ishqibozligini nazarda tutgan bo‘lsa kerak:

Jumanazar akaning gaplaridan iqtibos:

Azaliy dardimiz...



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-10-2019, 15:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 115) ( 0) ( 114) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют