» » O‘zbekistonda OTMda bir o‘qituvchiga to‘g‘ri keladigan talabalar soni qayta ko‘rib chiqiladi

O‘zbekistonda OTMda bir o‘qituvchiga to‘g‘ri keladigan talabalar soni qayta ko‘rib chiqiladi


Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.

Unga ko‘ra, Vazirlar Mahkamasining “Respublika oliy ta’lim muassasalari xodimlari mehnatiga haq to‘lashning takomillashtirilgan tizimini tasdiqlash to‘g‘risida” 2008-yil 1-avgustdagi 164-son qarorining 4-bandining taklif etilayotgan tahririga ko‘ra, OTMda o‘qituvchiga to‘g‘ri keladigan talabalar soni nisbati qayta ko‘rib chiqiladi.

Xususan, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Moliya vazirligi, oliy ta’lim muassasalariga ega bo‘lgan vazirliklar va idoralarning kunduzgi o‘qish bo‘yicha oliy ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklariga qarab bir o‘qituvchiga to‘g‘ri keladigan talabalar soni nisbatining cheklangan normativlari:

Shuningdek, oliy ta’lim muassasasi kengashlariga zarur hollarda mazkur nisbatlarni 50 foizgacha o‘zgartirish vakolatini berish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik beriladi.

Hujjatda belgilanishicha, ta’lim sohalari bloklari va shakllari bo‘yicha bir nafar o‘qituvchi hisobiga to‘g‘ri keladigan talabalar soni nisbatining normativlari Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.

Mavzuga doir: O‘zbekistonda pedagoglar maoshi oshiriladi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-10-2019, 16:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 52) ( 0) ( 51) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют