» » Rossiyada tojikistonlik migrant 2 yil davomida 15 yoshli o‘zbekistonlik qizni zo‘rlab kelgani aniqlandi

Rossiyada tojikistonlik migrant 2 yil davomida 15 yoshli o‘zbekistonlik qizni zo‘rlab kelgani aniqlandi


Rossiyaning Ufa shahrida 44 yoshli tojikistonlik erkak onasining hujjatlari bilan bog‘liq muammolarini ro‘kach qilib 15 yoshli o‘zbekistonlik qizni zo‘rlab kelgani aniqlandi, deb xabar bermoqda “MK.ru”.

Ma’lum bo‘lishicha, tojikistonlik Komiljon Turaboyev qizning oilasining yaqin tanishi bo‘lgan. Qiz bo‘lib o‘tgan voqea haqida o‘zining yaqin do‘sti Islomiddinga aytib bergan. Yigit qizning onasini huquq-tartibot idoralariga murojaat qilishga ko‘ndirgan.

Shundan so‘ng qiz va uning singillari ijtimoiy boshpanaga, onasi esa chet ellik fuqarolarni vaqtincha saqlash muassasasiga yuborilgan.

Qiz, shuningdek, videomurojaat yozib olgan bo‘lib, unda erkak qizni uning onasini deportatsiya qilish bilan, singillarini esa maktabdan haydash bilan qo‘rqitganini aytgan. “Men undan qo‘rqar edim, lekin oilam uchun chidardim”, — degan jabrlangan qiz videomurojaatda.

Xabarda Komiljon Turaboyev topilgani, unga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atilgani aytilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-10-2019, 17:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 32) ( 0) ( 29) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют