» » O‘zbekiston terma jamoasi safarda Singapurni mag‘lub etdi, Shomurodovdan dubl (video)

O‘zbekiston terma jamoasi safarda Singapurni mag‘lub etdi, Shomurodovdan dubl (video)


O‘zbekiston terma jamoasi JCh—2022 ikkinchi saralash bosqichining 4-turida Singapurga qarshi bahs olib bordi.

Unda Vadim Abramov shogirdlari 3:1 hisobidagi g‘alabani qo‘lga kiritdi. Uchrashuvning 15-daqiqasida Odil Ahmedov jarima zarbasini qoyilmaqom ijro etgan holda hisobni ochdi.

Birinchi bo‘lim yakunlanishi arafasida Ihson Fandi jarima maydoniga uzatilgan to‘pga boshi bolan aniq zarba bergan holda muvozanatni tikladi.

Ikkinchi bo‘lim avvalida mehmonlar yana oldinga o‘tib oldi, 51-daqiqada Eldor Shomurodov qanotdan uzatilgan to‘pni o‘z uslubida darvozaga joylab qo‘ydi. Hakam tomonidan qo‘shib berilgan vaqtda Shomurodov Ikrom Aliboyevning qoyilmaqom uzatmasidan so‘ng darvozabon bilan birga-bir chiqqan holda yakuniy hisobni o‘rnatdi.

Shu tariqa “oq bo‘rilar” ketma-ket ikkinchi g‘alabani qo‘lga kiritgan holda ochkolarini 6 taga yetkazib oldi.

JCh—2022 saralashi

4-tur bahsi

15-oktabr, seshanba

Gollar: 0:1 — 15 Odil Ahmedov, 1:1 — 45 Ihson Fandi, 1:2 — 51 Eldor Shomurodov, 1:3 — 90+2 Shomurodov

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-10-2019, 18:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 69) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют