» » O‘zbekistondagi parlament saylovlariga davlat budjetidan 230 mlrd 549 mln so‘m mablag‘ ajratiladi

O‘zbekistondagi parlament saylovlariga davlat budjetidan 230 mlrd 549 mln so‘m mablag‘ ajratiladi


Saylovlarga tayyorgarlik ko‘rish va uning o‘tkazishga doir xarajatlar smetasini tasdiqlandi. Bu haqda Markaziy saylov komissiyasi matbuot xizmati xabar berdi.

O‘zbekiston Respublikasining Saylov kodeksi, Budjet kodeksi, “Siyosiy partiyalarni moliyalashtirish to‘g‘risida”gi qonunlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar kengashlari saylovlariga tayyorgarlik ko‘rish va ularni o‘tkazish bilan bog‘liq xarajatlarni moliyalashtirish davlat budjeti mablag‘lari hisobidan qoplanishi belgilab qo‘yilgan.

Shu munosabat bilan joriy yilning 22-dekabr kuni bo‘lib o‘tadigan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar kengashlari saylovlariga tayyorgarlik ko‘rish va ularni o‘tkazish bilan bog‘liq xarajatlarni amalga oshirish uchun respublika budjeti mablag‘lari hisobidan jami 230 milliard 549 million so‘m mablag‘ ajratilishi rejalashtirilgan.

Moliya vazirligi bilan Markaziy saylov komissiyasi respublika budjetidan ajratilishi ko‘zda tutilgan mablag‘larning quyidagi maqsadlar uchun sarflanishi haqida o‘zaro kelishib oldi.

Jumladan:

— Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi saylovlariga tayyorgarlik ko‘rish va ularni o‘tkazish bilan bog‘liq xarajatlar uchun hududiy okrug va uchastka saylov komissiyalariga — 96 milliard 807 million so‘m;

— Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari saylovlariga tayyorgarlik ko‘rish va ularni o‘tkazish bilan bog‘liq xarajatlar uchun hududiy okrug va uchastka saylov komissiyalariga — 45 milliard 330 million so‘m;

— Saylovlarda ishtirok etadigan siyosiy partiyalarning umumpartiyaviy tadbirlari va siyosiy partiya tomonidan ko‘rsatilgan nomzodlarning saylovoldi tashviqot va targ‘ibot ishlarini amalga oshirishga — 46 milliard 674 million so‘m;

— Markaziy saylov komissiyasi tomonidan saylovlarga tayyorgarlik ko‘rish va ularni o‘tkazish bilan bog‘liq markazlashgan tartibda xarid qilinadigan zarur moddiy-texnika jihozlari, tovar va xizmatlar bilan ta’minlash uchun — 41 milliard 737 million so‘m mablag‘ ajratilishi ko‘zda tutilgan.

Joriy yilda bo‘lib o‘tadigan Parlament va mahalliy kengashlarga saylovlar uchun ajratilayotgan budjet mablag‘larini oldingi o‘tkazilgan Parlament va mahalliy kegashlarga saylovlar bilan taqqoslasak quyidagilarni ko‘rish mumkin:

Birinchidan: Oldingi o‘tkazilgan Parlament va mahalliy kengashlarga saylovlarda siyosiy partiyalar tomonidan ko‘rsatilgan nomzodlarning faqatgina Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga ko‘rsatilgan nomzodlarga saylovoldi tashviqoti uchun mablag‘ ajratilgan bo‘lsa, joriy yilda bo‘lib o‘tadigan saylovlarda ilk bora Parlament va mahalliy kengashlarga Siyosiy partiyalar tomonidan ko‘rsatilgan barcha nomzodlar uchun saylovoldi tashviqoti davrida tenglikni ta’minlash maqsadida nomzodlarning barchasiga budjetdan mablag‘ ajratilishi rejalashtirildi.

Ikkinchidan: Respublika budjetidan ajratilayotgan mablag‘lar albatta Siyosiy partiya vakillari hamda Moliya vazirligi bilan o‘zaro kelishilgan holda quyidagi miqdorlarda taqsimlangan ya’ni:

Oliy majlis Qonunchilik palatasi deputatligiga nomzod uchun — 10 million 832 ming so‘m, Xalq deputatlari viloyat va Toshkent shahar kengashi deputatligiga nomzod uchun — ikki million so‘m, Xalq deputatlari tuman va shahar kengashi deputatligiga nomzod uchun — bir million so‘m miqdorida belgilangan.

Uchinchidan: Joriy yilda bo‘lib o‘tadigan parlament saylovlarining oldingi o‘tkazilgan parlament saylovlaridan yana bir farqi shundaki, Parlament va mahalliy kengashlarga bo‘lib o‘tadigan saylovlarga tayyorgarlik ko‘rish va ularni o‘tkazishda ishtirok etadigan saylov komissiyasi a’zolariga quyidagi mehnatga haq to‘lash tizimi joriy etildi.

Jumladan:

— Saylov komissiyalarining qaroriga binoan komissiya a’zolari saylov jarayonlari vaqtida asosiy ish joyidagi ishlab chiqarish va xizmat vazifalaridan ozod etiladi hamda saylov uchun ajratilgan mablag‘lar hisobidan o‘rtacha oylik ish haqi saqlangan holda ish haqi to‘lovlari amalga oshiriladi.

— Saylov jarayonlarida komissiya a’zolari bo‘lgan, lekin doimiy ish joyiga ega bo‘lmagan shaxslarga, pensionerlarga xarajatlar smetasida rejalashtirilgan mablag‘lar doirasida o‘rtacha ish haqi to‘lovlari amalga oshiriladi.

— Saylov komissiyalari raislarining hamda ish beruvchining tegishli qarorlari asosida saylov jarayoni davrida asosiy ish joyida ish haqi saqlangan holda ishlab chiqarish yoki xizmat vazifalarini bajarishdan to‘liq yoki qisman ozod qilinadi va ularga soliqqa tortilmaydigan kompensatsiya (ovqatlanish, transport va boshqa xarajatlarni qoplash maqsadida) to‘lovi to‘lab beriladi.

Ushbu kompensatsiya miqdori xarajatlar smetasida belgilanadi.

To‘rtinchidan: joriy yilgi saylovlarda ishtirok etuvchi saylovchilarning yagona elektron ro‘yxati tizimini to‘liq joriy etish va saylov jarayonining shaffofligini ta’minlash maqsadida saylov kampaniyasi davrida har bir saylov uchastkasini internet tarmog‘iga ulash va uzluksiz ishlab turishi uchun budjetdan mablag‘ ajratish ko‘zda tutilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-10-2019, 18:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 82) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют