» » Toshkentda 7,5 mlrd so‘mdan ortiq qarzini to‘lagan korxonaning binosi qaytarildi

Toshkentda 7,5 mlrd so‘mdan ortiq qarzini to‘lagan korxonaning binosi qaytarildi


Poytaxtning Yashnobod tumanida korxonaning bankdan 7,5 milliard so‘mdan ortiq qarzi undirib berildi. Bu haqda MIB matbuot xizmati “Daryo”ga xabar berdi.

Toshkent tumanlararo iqtisodiy ijro varaqasiga asosan qarzdor korxonadan undiruvchi ATB “Asaka bank” foydasiga jami 7 milliard 590 million 947 so‘m miqdorida qarz undirish haqidagi ijro ishi Majburiy ijro byurosining Yashnobod tumani bo‘limiga ish yurituviga kelib tushgan.

Olib borilgan majburiy ijro harakatlari davomida bo‘lim davlat ijrochilari tomonidan qarzdorga tegishli bo‘lgan Toshkent shahar, Yashnobod tumani, Sultonali Mashhadiy ko‘chasidagi umummiy maydoni 14 280 kvadrat metrdan iborat bo‘lgan ishlab chiqarish va ma’muriy bino xatlanib band solinib, xatlangan mulk “E-ijro auksion” yagona elektron savdo maydonchasiga sotish uchun chiqarilgan.

Ijro harakatlari davrida korxona tomonidan bank foydasiga 7 milliard 590 million 947 so‘m miqdoridagi qarz to‘liq undirib berilgan.

Mavzuga doir: 

Toshkent viloyatida olimga mualliflik huquqi uchun qariyb 86 mln so‘m qarz undirib berildi

MIB Toshkentdagi yarmarkada yarim mlrd so‘mdan ko‘proq mahsulotni sotuvga qo‘ydi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-10-2019, 21:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 85) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют