» » Yapon olimi o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan o‘zbekistonliklarni tabrikladi (video)

Yapon olimi o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan o‘zbekistonliklarni tabrikladi (video)


Yaponiyaning Tyubu universiteti (Chubu University) o‘qituvchisi Seyka Vazaki o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganining 30 yilligi munosabati bilan o‘zbekistonliklarni tabrikladi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi.

Seyka Vazaki O‘zbekistonning, o‘zbek xalqining, o‘zbek tilining katta do‘sti, deyiladi agentlik xabarida.

Yapon olimi o‘zbek tilidagi tabrigida o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun — 21-oktabr uning uchun eng qadrli bayramlardan biri ekanligini aytgan. “Nima uchun shu darajada o‘zbek tilini sevishim sababini o‘zim ham bilmayman, lekin o‘zbek tilini nihoyatda sevaman va hozirgi kunda ham sevib o‘rganyapman”, — deydi olim o‘z tabrigida.

O‘zbekistonda tahsil olgan yapon olimi ayni paytda Yaponiya o‘zbek kurashi federatsiyasida ham hakam sifatida faoliyat olib boradi.

O‘zbek kurashi o‘zi uchun qadrli ekanligini ta’kidlagan olim bu sport turi orqali bugungi kunda o‘zbek so‘zlari butun dunyoda jaranglayotganini qayd etgan.

Olimning so‘zlariga ko‘ra, u bundan ikki yil avval Termizda kurash bo‘yicha o‘tkazilgan xalqaro musobaqada xalqaro hakam sifatida ishtirok etgan. Shu sababli, Seyka Vazaki videotabrikni surxoncha do‘ppi kiyib yo‘llashga qaror qilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-10-2019, 10:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 52) ( 0) ( 51) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют