» » Paragvayda namoyishchilar kongress binosini yoqib yubordi

Paragvayda namoyishchilar kongress binosini yoqib yubordi


Paragvay senati mamlakat prezidenti Orasio Kartesning yana bir muddatga saylanish huquqini ta’minlovchi tuzatishlarni qabul qilganidan so‘ng, namoyishchilar Kongress binosini yoqib yubordi. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.

Namoyishchilar qabul qilingan tuzatishlarni “davlat to‘ntarishi” deb atadi, shundan so‘ng binoga bostirib kirib, turli buyumlarga o‘t qo‘yishga kirishdi.

Politsiya namoyishchilarga qarshi rezina o‘qlar, ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz va suv otuvchi mashinalardan foydalandi.

Ma’lumot uchun, konservativ partiya vakili hisoblangan biznesmen Orasio Kartes 2013-yili bo‘lib o‘tgan saylovlarda g‘alaba qozonib, Paragvay prezidentiga aylangan edi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (1-04-2017, 14:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 89) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют