» » Vinisius, Fati, Sancho. Golden Boy sovriniga da‘vogar futbolchilarning qisqartirilgan ro‘yxati e’lon qilindi

Vinisius, Fati, Sancho. Golden Boy sovriniga da‘vogar futbolchilarning qisqartirilgan ro‘yxati e’lon qilindi


Tuttosport nashri Golden Boy sovriniga da’vogarlik qilayotgan 20 nafar futbolchi ro‘yxatini e’lon qildi.

Iyun oyida mazkur sovringa da’vogar 100 futbolchi nomi e’lon qilingandi. Ovoz berish natijalariga ko‘ra, ular ichidan 20 nafari saralab olindi.

Matteys de Ligt (“Yuventus”, Niderlandiya), Alfonso Devis (“Bavariya”, Kanada), Janluiji Donnarumma (“Milan”, Italiya), Ansu Fati (“Barselona”, Ispaniya), Filip Foden (“Manchester Siti”, Angliya), Matteo Gunduzi (“Arsenal”, Fransiya), Erling Holand (“Zalsburg”, Norvegiya), Kay Haverts (“Bayer”, Germaniya), Joau Feliks (“Atletiko”, Portugaliya), Deyan Yovelich (“Ayntraxt”, Serbiya), Moyze Kin (“Everton”, Italiya), Li Kan In (“Valensiya”, Janubiy Koreya), Andrey Lunin (“Valyadolid”, Ukraina), Doniyell Malen (PSV, Niderlandiya), Meyson Maunt (“Chelsi”, Angliya), Rodrigo Goes (“Real”, Braziliya), Jeydon Sancho (“Borussiya” Dortmund, Angliya), Ferran Torres (“Valensiya”, Ispaniya), Vinisius Junior (“Real”, Braziliya), Nikolo Zaniolo (“Roma”, Italiya).

Ushbu sovrin har yili 21 yoshgacha bo‘lgan futbolchilarga taqdim etiladi. G‘olib nomi 16-dekabrda e’lon qilinadi.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili “Ayaks” himoyachisi Matteys de Ligt g‘oliblikni qo‘lga kiritgandi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-10-2019, 14:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 75) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют