» » O‘zbekistonda jamg‘armasini dollarda saqlovchilar 3 oyda qariyb 2 martaga ko‘paygani ma’lum bo‘ldi

O‘zbekistonda jamg‘armasini dollarda saqlovchilar 3 oyda qariyb 2 martaga ko‘paygani ma’lum bo‘ldi


O‘zbekistonda 2019-yilning iyul—avgust oylarida ichki va tashqi omillar ta’sirida xorijiy valyutaga bo‘lgan talabning o‘sishi kuzatildi va natijada milliy valyuta devalvatsiyasi tezlashdi, deb xabar berdi Markaziy bank.

Xususan, 2019-yil yanvar—iyul oylarida AQSh dollarining almashinuv kursi 4 foizga (1 dollarga 8 336 so‘mdan 8 667 so‘mgacha) oshgan va o‘rtacha oylik o‘sish sur’ati 0,6 foizni tashkil etgan bo‘lsa, avgust oyida valyuta kursining keskin o‘sishi (8,2 foiz) kuzatildi. Biroq, sentabr oyiga kelib, dollarning almashinuv kursi o‘zining avvalgi tendensiyasiga qaytdi va oylik o‘sish sur’ati 0,5 foizgacha pasaydi.

Milliy valyuta devalvatsiyasi aholining jamg‘arish kayfiyatiga va faolligiga ham ta’sir ko‘rsatdi. Xususan, Markaziy bank tomonidan o‘tkaziladigan oylik so‘rov natijalari shuni ko‘rsatadiki, 2019-yilning iyun—sentabr oylarida omonatlarini xorijiy valyutada (shu jumladan, AQSh dollarida) saqlashni afzal ko‘ruvchi so‘rov ishtirokchilari ulushi ko‘paygan.

Bunda jamg‘armalarini naqd AQSh dollarida saqlashni afzal ko‘ruvchi respondentlar ulushi may oyidagi 19 foizdan avgust oyida 33 foizgacha, xorijiy valyutadagi omonatlarda saqlashni afzal ko‘ruvchilar ulushi esa may oyidagi 17 foizdan sentabrda 24 foizgacha oshgan.

Shu bilan birga, sentabr oyida valyuta kursi barqarorlashganidan so‘ng jamg‘armalarini naqd AQSh dollarida saqlashni afzal ko‘ruvchilar ulushi 33 foizdan 29 foizgacha pasaygan.

Mavzuga doir:

Markaziy bank valyuta naqdlashtirishda olinadigan komissiya yuzasidan bayonot berdi

Markaziy bank O‘zbekistonda zaxira aktivlari 27,9 mlrd dollarni tashkil qilishi kutilayotganini ma’lum qildi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-10-2019, 19:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 59) ( 0) ( 59) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют