» » O‘zbekistonda gepatit C virusiga qarshi dorining substansiyasi yaratildi

O‘zbekistonda gepatit C virusiga qarshi dorining substansiyasi yaratildi


O‘zbekistonda gepatit C virusiga qarshi “Sofosbuvir” dori vositasining substansiyasi yaratildi, deb xabar bermoqda Fanlar akademiyasi matbuot xizmati.

Ta’kidlanishicha, gepatit C virusi bilan zararlangan bemorlarni davolashda qo‘llaniladigan Sofosbuvir (gepatit C virusini davolovchi generik preparat) dori vositasi hozirgi kunda chetdan import qilinmoqda.

Shu sababli Fanlar akademiyasi O‘simlik moddalari kimyosi instituti, Xitoy Fanlar akademiyasi Shinjon fizika va kimyo texnika instituti hamda Shanxay tibbiy materiallar instituti olimlari hamkorligida “Sofosbuvir” dori vositasini ishlab chiqarish usullari yaratildi.

Tajriba sharoitlarda ishlab chiqarish amalga oshirilib olingan mahsulot klinikoldi sinovlari natijalari bo‘yicha original dori vositasi — “Sofosbuvir”ga mos kelishini ko‘rsatgan.

Xabarda qayd etilishicha, yaratilgan usul asosida texnologik jarayonlar sxemasi ishlab chiqilib, eksperimental texnologik liniyasi yaratildi va ilk bor O‘zbekiston hududida “Sofosbuvir” dori vositasining substansiyasi ishlab chiqarildi.

Shuningdek, tegishli barcha hujjatlar Sog‘liqni saqlash vazirligi qoshidagi Farmatsevtikani rivojlantirish agentligiga topshirilib ijobiy xulosa olingani va bugungi kunda klinik sinovlarni amalga oshirish bo‘yicha tayyorgarliklar ko‘rilayotgani aytilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-10-2019, 22:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 84) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют