» » Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi qolipli nonning sifati bo‘yicha o‘rganish olib boradi

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi qolipli nonning sifati bo‘yicha o‘rganish olib boradi


O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi, Qo‘mita huzuridagi Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi, “O‘zstandart” agentligi bilan birgalikda qolipli non ishlab chiqarish va sotishda uning sifati va belgilangan vazniga muvofiqligini doimiy ravishda o‘rganib boradi. Bu haqda qo‘mita matbuot xizmati xabar berdi.

Qo‘mita iste’molchilarga murojaat qilib, nonning belgilangan sifati va vazni me’yorlariga mos kelmaslik faktini aniqlangan holatda Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasiga va qo‘mita huzuridagi Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligiga murojaat qilishni so‘ragan.

Murojaatda belgilangan davlat standartlariga javob bermaydigan qolipli nonni ishlab chiqarish va sotish punktlarining manzillarini aniq ko‘rsatish zarur. Shuningdek, fikr-mulohaza uchun telefon raqamini qoldirish so‘raladi.

Eslatib o‘tamiz, 15-oktabrdan boshlab Toshkent shahrida qolipli non (“buxanka”) narxi oshdi. Hozirda do‘konlarda “buxanka” 1350—1500 so‘mdan sotilmoqda.

14-oktabr, dushanba kuni Vazirlar Mahkamasining “Don, un va non yetkazib berish tizimiga bozor mexanizmlarini to‘liq joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

Mavzuga doir: Vazirlar Mahkamasining “Don, un va non yetkazib berish tizimiga bozor mexanizmlarini to‘liq joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida“gi qaroriga sharh



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-10-2019, 23:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 90) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют