» » Deputat Kabul Dusov Yashnobod tumani aholisi bilan bo‘lgan janjalga izoh berdi

Deputat Kabul Dusov Yashnobod tumani aholisi bilan bo‘lgan janjalga izoh berdi


Tarmoqlarda Toshkentning Yashnobod tumani aholisi Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashi deputati, “Milliy tiklanish” partiyasidan bo‘lgan Kabul Dusov Maxtumquli ko‘chasidan 22-aviashaharchaga alohida o‘zi uchun kirish yo‘lini ochmoqchiligidan noroziligi tasvirlangan video tarqalgani haqida xabar berilgan edi.

Repost nashri deputatdan mazkur holat bo‘yicha izoh oldi.

Deputatning aytishicha, u aholiga qulaylik yaratish uchun yangi yo‘l ochmoqchi bo‘lgan. Odamlar bekatgacha 500 — 600 metr yo‘l yurib borishiga to‘g‘ri kelgan. Deputatning so‘zlariga ko‘ra, u barcha hujjatlarni rasmiylashtirgan, Toshkent shahar hokimiyatidan, shahar Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasidan va boshqa tashkilotlardan ruxsat olgan, biroq aholi bunga qarshi chiqqan.

“Ular mendan yo‘l qurmaslikni so‘ramoqda. Biroq men ulardan hech narsa so‘ramayman, barcha qurilish ishlarini o‘zim moliyalashtiraman. Shunchaki u yerda uy-joy shirkatining provokatorlari va boshqa kishilar bor edi. Men birinchi qavatdan o‘zimga ofis sotib oldim. U yerda hech kim 16 oylik kommunal to‘lovlarni to‘lamagan. Uy-joy shirkati xodimlari mendan yarim yil uchun kommunal to‘lovlarni to‘lashni so‘radi, men esa ularga buni rad qildim, chunki hammasini birdaniga to‘lamoqchi edim. Ular esa mendan norozi bo‘ldi. Endi esa ular mendan norozi bo‘lib, qurilish bilan shug‘ullanishimga qo‘ymayapti. Hatto barcha zarur hujjatlar bo‘lsa ham”, — degan Kabul Dusov.

Deputat yangi yo‘lning uning ofisi uchun qurilayotgani haqidagi savolga javob bergan.

Unga ko‘ra, yangi yo‘l butun mahalla bo‘ylab o‘tadi. Kabul Dusovning so‘zlariga ko‘ra, keksalar avtobusga yoki taksiga chiqish uchun taxminan 500 metr piyoda yurishga majbur bo‘ladi. “Bolalar maydonchasiga kelsak, u dastlab u yerda bo‘lmagan. Ular bolalar maydonchasi deb atayotgan joyda esa bir nechta chiqindi konteyneri bo‘lgan. Men esa bu chiqindini tozladim va tartibga keltirdim”, — deya so‘zini yakunlagan deputat.

Eslatib o‘tamiz, deputat Kabul Dusov ayollarning siyosatga aralashishini qoralab hamda Shavkat Mirziyoyevdan uyg‘urlarni himoya qilishni iltimos qilib yozgan postlari orqali tanilgan edi.

Mavzuga doir: Alisher Qodirov: Deputat Kabul Dusovning ayollar va yoshlar masalasiga oid shaxsiy fikrlarini qoralayman



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-10-2019, 09:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 48) ( 0) ( 48) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют