» » Eldor Shomurodov Xitoy chempionatiga ko‘chib o‘tadimi? Futbolchining o‘zi javob berdi

Eldor Shomurodov Xitoy chempionatiga ko‘chib o‘tadimi? Futbolchining o‘zi javob berdi


“Rostov” klubi va O‘zbekiston terma jamoasi hujumchisi Eldor Shomurodov Xitoyga yo‘l olishi mumkinligi haqidagi xabarlarga izoh berib o‘tdi.

Karpin o‘tgan yozda “Rostov”ning istalgan futbolchisini 50 million yevroga sotib yuborishga tayyor ekanini ta’kidlagandi. Siz ayni damda o‘zingizni qanchaga baholagan bo‘lardingiz?

— Men baho berishni istamayman, ayniqsa o‘zimga. Bu bilan shug‘ullanadigan mutaxassis va ekspertlar bor, keling ular baho bera qolsin.

Sizga nemis va Xitoy klublaridan taklif borligi haqida ma’lumotlar tarqaldi. Bu haqida biror nima bilasizmi?

— Buni avvalo klubim “Rostov”ga berish kerak. Shaxsan menga hech narsa ayon emas.

Eshitishimcha, siz har qanday pul taklif qilinmasin, 30 yoshdan avval Xitoyga ketmaysiz. Bu rostmi?

— Ha, haqiqatdan ham shunday. Bu yoshdan avval u yerga ketmoqchi emasman.

— Agar sizga Rossiya top-klubi va Yevropaning o‘rtamiyona klubidan taklif tushsa, qaysi birini tanlar edingiz?

— Albatta, Yevropani, — dedi Shomurodov.

Ma’lumot uchun, Shomurodov Rossiya chempionatida 10 ta gol bilan to‘purarlar ro‘yxatida Aleksandr Sobolyev bilan peshqadamlikni bo‘lishib turibdi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-10-2019, 11:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 34) ( 0) ( 33) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют