» » “Siz jurnalistmisiz yo g‘iybatchi?”. Deputat Kabul Dusov MY5 muxbiri bilan gap talashdi (video)

“Siz jurnalistmisiz yo g‘iybatchi?”. Deputat Kabul Dusov MY5 muxbiri bilan gap talashdi (video)


Avvalroq, “Milliy tiklanish” partiyasidan bo‘lgan Kabul Dusov va Yashnobod tumani aholisi o‘rtasida janjal yuzaga kelgani haqida xabar berilgandi. Tarmoqlarda vaziyatni o‘rganish uchun voqea joyiga borgan “Mening yurtim” telekanali xodimlari jurnalistlar bilan qo‘pol munosabatda bo‘lgani tasvirlangan video tarqaldi.

Videodan ko‘rish mumkinki, My5 telekanali jurnalisti deputat bilan ko‘chada, aholining oldida vaziyatga oydinlik kiritishga uringan. Biroq Kabul Dusov jurnalistga qarata, “Noto‘g‘ri savol beryapsiz. Siz jurnalistmisiz yoki g‘iybatchi?”, deya keskin javob qaytargan.

Jurnalistning ta’kidlashicha, deputat avvaliga ofisida alohida gaplashib olishni taklif qilgan, biroq ko‘chadagi savollar qiyinchilik tug‘dirgach, unga “Yoqmayotgan bo‘lsa, katta ko‘cha” degan. Biroq tarqalgan videoda bu joyi qirqib tashlangan.

Deputat Kabul Dusov yuqoridagi vaziyat bo‘yicha Repost nashriga bergan izohida, u 22-aviashaharchadagi ofisiga eltuvchi yo‘lni qurish uchun barcha hujjatlarni rasmiylashtirgan, Toshkent shahar hokimligidan, shahar Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasidan va boshqa tashkilotlardan ruxsat olgan, biroq aholi bunga qarshi chiqqan.

Mavzuga doir: Ayollarning siyosatga aralashishini qoralagan deputat Kabul Dusov Yashnobod tuman aholisi bilan janjallashib qoldi

Eslatib o‘tamiz, deputat Kabul Dusov ayollarning siyosatga aralashishini qoralab hamda Shavkat Mirziyoyevdan uyg‘urlarni himoya qilishni iltimos qilib yozgan postlari orqali tanilgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-10-2019, 11:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 86) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют