» » Nemis klubi Eldor Shomurodov uchun 10 mln yevro taklif qilgani ma’lum bo‘ldi

Nemis klubi Eldor Shomurodov uchun 10 mln yevro taklif qilgani ma’lum bo‘ldi


“Rostov” klubi va O‘zbekiston terma jamoasi hujumchisi Eldor Shomurodovning agenti Qahhor Mo‘minov mijozining kelajakdagi maqsadlari haqida gapirdi.

“Eldor “Rostov”ga o‘tganida uning Transfermarkt’dagi narxi 750 ming yevroga teng edi. “Rostov” uni bu miqdordan ancha kamiga sotib oldi.

Hozirda u eng yaxshi to‘purar, yaqinda shartnomani uzaytirdi, shu sabab narx boshqacha. Aslini olgan futbolchining narxi, unga qancha taklif qilishganiga qarab belgilanadi. “Shtutgart” uning transferi uchun 10 million yevro taklif qildi. SSKA ham shu miqdordagi pulni berishga tayyor edi. Bu yerda qaror qabul qilishni “Rostov”ga qoldirdik.

Bu mavzuga qishda yana qaytishga qaror qildik, bizda shunga o‘xshash takliflar yana bor. Biroq “Rostov” yanvardagi transferga rozi bo‘lishi qiyin masala, bu yerda ularning pozitsiyasi ma’lum.

O‘zbekistonda bo‘ldim, Eldor va uning oilasi bilan gaplashdim.  Agar yozda top-ligalardan biridan taklif bo‘ladigan bo‘lsa, uni, albatta, ko‘rib chiqamiz. Bu borada “Rostov” bilan kelishuvimiz ham bor”, — deydi Mo‘minov.

Mavzuga doir: Eldor Shomurodov Xitoy chempionatiga ko‘chib o‘tadimi? Futbolchining o‘zi javob berdi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-10-2019, 12:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 56) ( 0) ( 54) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют