» » Elnur Abduraimov: Raqibim bilan avval to‘qnash kelmaganman. Kuchni besh raundga taqsimlashim kerak

Elnur Abduraimov: Raqibim bilan avval to‘qnash kelmaganman. Kuchni besh raundga taqsimlashim kerak


Uzbek Tigers — Astana Arlans janglari oldidan o‘zbekistonlik bokschi Elnur Abduraimov intervyu berdi.

Jangga yaxshi tayyorgarlik ko‘rdik. O‘tgan safar raqib g‘alaba qozongan edi. Aytishadi-ku, o‘z uyingda devorlar ham yordam beradi, deb. Bundan tashqari raqib ham kuchli edi. Aslida esa jamoamiz yomon jang qilmagandi.

Nasib etsa, bugun g‘alaba qozonmoqchimiz. Murabbiylar bilan birga barcha raqiblarni o‘rganib chiqdik. Kuchni besh raundga teng taqsimlay olish kerak.

Elnur Abduraimov, bokschi

O‘zbekistonlik bokschining so‘zlariga ko‘ra, u qozog‘istonlik raqibi bilan bunga qadar to‘qnash kelmagan. Ular ilk bor o‘zaro jang qiladi.

Ma’lumot uchun, Elnur Abduraimov -64 kilogramm vaznda O‘zbekiston sharafini himoya qiladi. Uning raqibi Dilmurod Mijitov bo‘ladi.

Опубликовано: admin (1-04-2017, 16:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 47) ( 0) ( 45) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют