» » O‘zbekistonliklar qaysi xorijiy mamlakatlarga eng ko‘p parvoz qilishi ma’lum qilindi

O‘zbekistonliklar qaysi xorijiy mamlakatlarga eng ko‘p parvoz qilishi ma’lum qilindi


Aviachiptalar va mehmonxonalar buyurtirish xizmatini ko‘rsatuvchi “Aviasales.uz” tahlilchilari joriy yil boshidan aviachiptalar bronlanishini o‘rganib chiqib, o‘zbekistonliklar orasida eng talabgir aviayo‘nalishlarni aniqladi.

O‘zbekistonliklar o‘rtasida eng talabgir aviayo‘nalishlar reytingida 1-o‘rinni Moskva egallagan. Rossiya poytaxtiga Toshkentdan borib-kelish aviachiptasi o‘rtacha 2,9 million so‘mga aylanadi. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, Moskva o‘zbekistonlik sayohatchilarga Yevropaga safarni davom ettirishga imkon beruvchi Toshkentga eng yaqin transport tuguni hisoblanadi.

Talabgirlik bo‘yicha 2-o‘rinni aviachiptalar qimmatligiga qaramay Seul egallagan. Janubiy Koreya poytaxtiga Toshkentdan parvoz narxi o‘rtacha 6 million so‘mni tashkil qiladi.

Olmaotaga parvoz eng arzon yo‘nalish deb topilgan. O‘zbekistonlik yo‘lovchilar ushbu shaharga 1,9 million so‘mga borib-kelishi mumkin.

Bundan tashqari, o‘zbekistonliklar Sankt-Peterburgga ham tez-tez uchib turadi. Toshkentdan chiptalar narxi 3,8 million so‘mni tashkil etadi.

Talabgir aviayo‘nalishlar reytingida 5-o‘rinni Istanbul egallagan. Ushbu yo‘nalishga chiptalar narxi 4,6 million so‘m.

Shuningdek, Qozon va Dubay ham talabgir yo‘nalishlardan hisoblanib, bu shaharlarga va ortga 3,6 million so‘mga parvoz qilish mumkin.

Yana bir arzon yo‘nalishlardan biri Qozog‘iston poytaxti Nur-Sulton bo‘lib, o‘zbekistonliklar ushbu shaharga 2,2 million so‘mga uchib-qayta oladi.

Talabgir yo‘nalishlar orasida 9-o‘rinni Kiyev (5 million so‘m), 10-o‘rinni esa Pekin (6 million so‘m) egallagan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-10-2019, 18:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 86) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют