» » O‘zbekiston 2019-yilda Qozog‘istondan guruch import qilishni qariyb 34 baravar oshirdi

O‘zbekiston 2019-yilda Qozog‘istondan guruch import qilishni qariyb 34 baravar oshirdi


Qozog‘iston 2019-yil yanvaridan avgust oyigacha 53,9 ming tonna guruch eksport qildi, deb xabar bermoqda LS.

Bu borada O‘zbekiston uning asosiy importchilaridan biri bo‘lib qolmoqda. O‘zbekiston 2019-yilda qiymati 6,9 million dollar bo‘lgan 22,9 tonna guruch import qilgan. Bu o‘tgan yilning xuddi shu davridagi ko‘rsatkichdan 33,7 baravar ko‘pdir.

Tojikiston — 4,7 million dollarga 17,8 ming tonna, Rossiya — 1,8 million dollarga 7,7 ming tonna, Ukraina — 716,2 ming dollarga 2,8 ming tonna, Turkmaniston esa 941,1 ming dollarga 1,4 ming tonna guruch sotib olgan.

Mavzuga doir: O‘zbekistonda 2020-yildan sholichilik klasterlari tashkil etiladi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-10-2019, 19:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 63) ( 0) ( 61) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют