» » Buxoroda xotinini xiyonatda gumonlagan erkak uni bolta bilan o‘ldirmoqchi bo‘ldi

Buxoroda xotinini xiyonatda gumonlagan erkak uni bolta bilan o‘ldirmoqchi bo‘ldi


Buxoro viloyatining G‘ijduvon tumanida xotinini xiyonatda gumonlagan erkak uni bolta bilan o‘ldirmoqchi bo‘ldi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati “Daryo”ga xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, voqea 16-oktabr, chorshanba kuni soat 20:45 larda yuz bergan. Buxoro viloyati G‘ijduvon tumani “Armechan” mahallasida yashovchi 44 yoshli X.A. 42 yoshli turmush o‘rtog‘i F.T.ni begona erkaklar bilan ishqiy munosabatda bo‘layotganligini gumon qilgan.

Erkak bolta bilan qurollanib, xotinini o‘ldirmoqchi bo‘lgan vaqtda IIB xodimlari tomonidan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan G‘ijduvon tumani prokuraturasi tomonidan fuqaro X.A. ushlanib, unga nisbatan Jinoyat kodeksining 25, 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-10-2019, 21:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 46) ( 0) ( 43) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют