» » O‘zbekiston termasiga chaqirilmagan Fozil Musayev Yaponiyadagi ilk golini urdi

O‘zbekiston termasiga chaqirilmagan Fozil Musayev Yaponiyadagi ilk golini urdi


O‘zbekistonlik futbolchi Fozil Musayev Yaponiya Jey ligasidagi birinchi golini urdi.

Mamlakat chempionatining 5-turida Musayev to‘p suradigan “Jubilo Ivata” klubi o‘z maydonida “Shimizu Plas” klubini qabul qilib, 3:1 hisobida zafar quchdi. O‘z vaqtida “Nasaf”, “Mash’al”, “Lokomotiv”, “Bunyodkor” kabi klublar sharafini himoya qilgan futbolchi jamoasining ikkinchi goliga mualliflik qildi. U, shuningdek, 23-daqiqada qo‘polligi uchun ogohlantirildi.

Mazkur g‘alabadan keyin “Jubilo Ivata” ochkolari sonini 7 taga yetkazib, turnir jadvalida 10-o‘ringa ko‘tarilib oldi.

Yaponiya Jey ligasi
5-tur
1-aprel, shanba

Gollar: Morishita, 6 (1:0). Fozil Musayev, 37 (2:0). Kavabe, 48 (3:0). Taye Se Jong, 90+4 (3:1).

Ma’lumot uchun, Fozil Musayev O‘zbekiston milliy termasini Samvel Babayan qabul qilib olganidan buyon bosh jamoaga chaqirilmaydi. U Yaponiya chempionatida to‘p surayotgan birinchi o‘zbekistonlik futbolchi hisoblanadi.

Опубликовано: admin (1-04-2017, 16:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 76) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют