» » Namanganda Profilaktika kuni 5 ta sayyor sud otkazilib, 72 nafar huquqbuzarga nisbatan chora korildi

Namanganda Profilaktika kuni 5 ta sayyor sud otkazilib, 72 nafar huquqbuzarga nisbatan chora korildi


Namangan viloyatida otkazilgan navbatdagi Profilaktika kuni davomida 5 ta sayyor sud otkazilib, 72 nafar huquqbuzarga nisbatan chora korildi. Bu haqda Daryoga viloyat IIB matbuot xizmati malum qildi.

Viloyat boyicha 17 mingdan ortiq xonadondagi vaziyat, aholini qiynayotgan muammolar organildi. Pasport-viza qoidalariga rioya etish, yongin xavfsizligini taminlash, uyni ijaraga berish tartiblari tushuntirildi.

Uzoq muddat xorijga chiqib ketgan va yashash manzillariga qaytib kelgan fuqarolar, ularning oila azolari bilan tegishli profilaktik ishlar olib borildi.

Profilaktika inspektorlari tomonidan viloyatdagi 500 ta mahalla fuqarolar yiginlarida xisobot yigilishlari otkazilib, otgan hafta davomida sodir etilgan 55 ta jinoyat hamda ularning kelib chiqish sabablari, 2007 nafar jinoyat sodir etishga moyil shaxsning hatti-xarakatlari keng jamoatchilik ishtirokida muhokama qilindi.

Profilaktika kuni viloyatdagi 118 kasb-hunar kolleji va akademik litseyda oquvchilar davomati organildi. Organishlar davomida oquv mashgulotlariga sababsiz qatnashmayotgan yoki muntazam dars qoldirayotgan oquvchilar aniqlanib, 11 nafar ota-onaga nisbatan Mamuriy javobgarlik togrisidagi kodeksiga binoan tegishli choralar korildi.

Mahalla fuqarolar yiginlari xuzuridagi yarashtirish komissiyalari tomonidan 117 ta notinch oilalardagi tashvishli holatlarga barham berildi, 112ta oila yarashtirildi.

Daryoning Telegramdagi rasmiy kanali @toshqindaryoga azo boling!

: admin (1-04-2017, 17:28)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 35) ( 0) ( 33) ( 2)
:
-
:
20 ... -