» » Prezident Surxondaryoda charm-poyabzal korxonalari tashkil etish bo‘yicha topshiriq berdi

Prezident Surxondaryoda charm-poyabzal korxonalari tashkil etish bo‘yicha topshiriq berdi


Termizda 18-oktabr, juma kuni Surxondaryo viloyati va tumanlar hokimlari, sektorlar rahbarlari, respublikadan kelgan mutasaddilar, faollar ishtirokida o‘tkazilgan yig‘ilishda Shavkat Mirziyoyev viloyat iqtisodiyotining bugungi holatini tahlil qilib, uni rivojlantirish bo‘yicha muhim yo‘nalishlarni belgilab berdi.

Prezident matbuot xizmatining xabar berishicha, avval rejalashtirilgan loyihalarni bajarish bilan birga kelgusi ikki yilda amalga oshiriladigan umumiy qiymati 13 trillion so‘mdan ziyod yangi investitsiya loyihasi ishlab chiqilgani qayd etildi.

Mavzuga doir: Shavkat Mirziyoyev: Surxondaryodagi soha va tarmoqlarning hududiy rahbarlari “qotib qolgan”

To‘qqiz oyda viloyat korxonalari tomonidan 125 million dollarlik eksport amalga oshirilib, prognoz 104 foizga bajarilgan. Eksportni ko‘paytirish uchun “Termiz Kargo Sentr” logistika markazi hududida erkin savdo zonasini tashkil etish bo‘yicha ko‘rsatma berildi. Bu zonaga muayyan yo‘nalishlardan vizasiz kirish, eksport-import va tranzit yuklari uchun bojxona, karantin va boshqa xizmatlarni “Yagona darcha” tamoyili asosida amalga oshirish mumkin bo‘ladi.

Mavzuga doir: Surxondaryoda qiymati 144 mln dollarlik sement zavodi ishga tushdi (foto)

Qishloq xo‘jaligini diversifikatsiya qilishni davom ettirish, 2020-yilda Angor, Qiziriq, Muzrabot, Termiz va Sherobod tumanlarida 40 ming gektarga ingichka tolali g‘o‘za navlarini joylashtirish zarurligi ko‘rsatib o‘tildi. Yer maydonlaridan kelib chiqib, klasterlar tomonidan yirik chorvachilik komplekslari tashkil qilish vazifasi qo‘yildi.

Mavzuga doir: Shavkat Mirziyoyev Hakim Termiziy maqbarasini ziyorat qildi (foto)

Viloyatda bir yilda tayyorlanadigan 870 ming donadan ortiq terini qayta ishlaydigan birorta ham korxona yo‘qligi tanqid qilinib, “O‘zcharmsanoat” uyushmasi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, viloyat hokimligiga zamonaviy charm-poyabzal korxonalari tashkil etish bo‘yicha topshiriq berildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-10-2019, 15:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 70) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют