» » Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki O‘zbekistondagi 2 ta uran konini qayta tiklash uchun 7 mln yevro ajratadi

Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki O‘zbekistondagi 2 ta uran konini qayta tiklash uchun 7 mln yevro ajratadi


O‘zbekiston hukumati Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining (YeTTB) 7 million yevro mablag‘ini mamlakatdagi ikkita sobiq uran konlarini qayta tiklash uchun jalb qilishni rejalashtirmoqda, deb xabar beradi “Gazeta.uz”.

2017-yil mart oyida YeTTB va O‘zbekiston hukumati mamlakatda Markaziy Osiyo uchun ekologik reabilitatsiya o‘tkazish bo‘yicha bitim imzolagan edi.

Hujjatda O‘zbekistonning Markaziy Osiyoda atrof-muhitni tiklash bo‘yicha YeTTB fondining uran obyektlarini qayta tiklash dasturida ishtirok etishi ko‘zda tutilgan. O‘sha yilning iyun oyida ushbu bitim O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan tasdiqlangan.

Loyiha Toshkent viloyatidagi Yangiobod hamda Namangan viloyatidagi Charkesar posyolkalaridagi sobiq uran konlarini reabilitatsiya qilish va qayta tiklashni nazarda tutadi.

Ushbu obyektlar sovet davrida ishlatilgan va o‘tgan asrning 90-yillari boshida uranni ochiq usulda qazib olish norentabel deb topilib, ularning faoliyati to‘xtatilgan.

Reabilitatsiya loyihasining texnik xususiyatlarini kompleks baholash va tayyorlash Germaniyaning WISUTEC kompaniyasi tomonidan amalga oshirildi.

Qo‘mita vakili ayni paytda YeTTB bilan kelishuvni amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlarni nazarda tutuvchi O‘zbekiston Prezidentining farmoyishi loyihasi tayyorlanganligini ma’lum qildi.

Xususan, loyihani ishga tushirish va moliyalashtirishni ochish uchun Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi huzurida qurilish direksiyasi tashkil etildi, fanlar akademiyasi yadro fizikasi instituti grant oluvchi etib belgilandi.

Markaziy Osiyoda atrof-muhitni tiklash bo‘yicha YeTTB jamg‘armasi 2015-yil may oyida Qirg‘iziston, Tojikiston va O‘zbekistonda sovet davridan qolgan eski uran qazib olish va uran qayta ishlash obyektlarining ekologik muammolarini hal qilish uchun tashkil etilgan.

2018-yilda Yevropa komissiyasi jamg‘armaga 10 million yevro hissa qo‘shdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-10-2019, 16:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 85) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют