» » O‘zbekistonda Trade-in tushunchasi va uni qo‘llash tartibining qonuniy asosi belgilandi

O‘zbekistonda Trade-in tushunchasi va uni qo‘llash tartibining qonuniy asosi belgilandi


Hukumatning ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi, deb xabar beradi “Huquqiy axborot”.

Prezidentning tegishli farmoniga asosan, ilgari foydalanishda bo‘lgan avtomobillarni topshirib, qiymati orasidagi farqni to‘lash orqali yangisini xarid qilish imkonini beruvchi Trade-in dasturi 2019-yil 1-oktabrdan tatbiq etila boshladi.

Shunga ko‘ra, hukumatning qator qarorlariga Trade-in tushunchasi, ushbu dasturni qo‘llash tartibi va shartlarini nazarda tutuvchi o‘zgartirishlar kiritildi.

Xususan, avtomobillar fuqarolar va yuridik shaxslar tomonidan rasmiy dilerlik korxonalariga Trade-in dasturi bo‘yicha sotilganda bitimning notarial tasdiqlanishi talab etilmaydi.

Shuningdek, rasmiy diler mazkur dastur bo‘yicha ilgari foydalanishda bo‘lgan avtomobilni sotib olganda, vaqtincha ro‘yxatdan o‘tkazish uchun hududiy DYHXX organlariga taqdim etilishi lozim bo‘lgan hujjatlar belgilab berildi.

Bunda, avtomobilni vaqtinchalik ro‘yxatdan o‘tkazishda DYHXX organlari tomonidan tegishli ma’lumotnoma beriladi, ushbu ma’lumotnoma avtomobilni boshqarish huquqini bermaydi, shuningdek, vaqtinchalik ro‘yxatdan o‘tkazganlik uchun yig‘im undirilmaydi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-10-2019, 19:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 54) ( 0) ( 52) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют