» » Farg‘onada Damas “Kamaz”ga borib urildi. Avariyada bir qizaloq vafot etgani aytilmoqda

Farg‘onada Damas “Kamaz”ga borib urildi. Avariyada bir qizaloq vafot etgani aytilmoqda


Farg‘ona viloyatining Toshloq tumanida “Kamaz” yuk mashinasi va Damas avtomobili ishtirokida yirik yo‘l-transport hodisasi yuz berdi. Voqea aynan qachon yuz bergani haqida aniq ma’lumot yo‘q. Avariya videosi Telegram’dagi kanallarda tarqalgan.

Kuzatuv kameralariga tushgan videoda Damas quvib o‘tish qoidasini qo‘pol ravishda buzib, yo‘lning qarama-qarshi qismiga chiqib borgani va manyovrni tugatishga ulgurmay, oldidan kelayotgan “Kamaz”ga urilganini ko‘rish mumkin. To‘qnashuvdan so‘ng yuk mashinasi Damas’ni bir necha metrga sudrab ketgan.

“Damas mashinasi noto‘g‘ri burilishi tufayli katta yuk mashinasi bilan to‘qnashib ketdi. Damas’da bo‘lgan qizcha vafot etgan, haydovchi esa reanimatsiyaga olib ketilgan” ,— deyiladi Telegram’da qoldirilgan xabarlarning birida.

Hozircha ushbu holat yuzasidan vakolatli organlar rasmiy axborot berganicha yo‘q.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-10-2019, 21:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 91) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют