» » Iroq Mosulni bahor oxiriga qadar terrorchilardan ozod etishni rejalashtirmoqda

Iroq Mosulni bahor oxiriga qadar terrorchilardan ozod etishni rejalashtirmoqda


Iroqning Mosul shahri IShID terrorchilik tashkiloti jangarilaridan bahorda ozod qilinadi. Bu haqida Iroq federal politsiyasi qo‘mondonlaridan biri, general Shokir al-Xavajiy “RIA Novosti”ga ma’lum qildi, deya xabar bermoqda “Kommersant”.

“Mosulni ozod etilishiga hali haftalab vaqt bor. Shu bahorda siz bu yangilikdan boxabar bo‘lasiz”, — dedi al-Xavajiy. Uning ta’kidlashicha, hozirda IShID Mosul g‘arbining 25—30 foizini nazorat qilib turibdi, hududni ozod qilish ishlari davom etmoqda.

“Federal politsiya hozircha ‘eski shahar’ hududiga kirmadi. Biz bu ishni IShID o‘z qurol zaxirasini, qarshilik qila olish qobiliyatini batamom tugatib bo‘lgach amalga oshirmoqchimiz”, — dedi general.

Shuningdek, general Mosulda tinch aholining o‘limi bilan bog‘liq hodisaga AQSh boshchiligidagi koalitsiya kuchlari aloqador emasligini aytib o‘tdi

Uning so‘zlariga ko‘ra, odamlar koalitsiyaning noto‘g‘ri bombardimonidan emas, balki IShID tomonidan portlovchi uskuna o‘rnatilgan yuk mashinasining portlashi oqibatida halok bo‘lgan.

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (1-04-2017, 18:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 89) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют