» » Londondagi qirollik sudi Nazarboyevning nevarasiga hukm o‘qidi

Londondagi qirollik sudi Nazarboyevning nevarasiga hukm o‘qidi


Londondagi Sautuark tumani qirollik sudi Qozog‘istonning birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyevning nevarasi, 29 yashar Oysulton Nazarboyevni 1,5 yil shartli muddatga hukm qildi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.

U Londonda iyun oyida politsiyachiga hujum qilganlikda aybdor deb topildi. Sud qaroriga ko‘ra, Oysulton Nazarboyev narkotiklarga tobelikdan davolanishda davom etishi, 140 soat jamoat ishlarini bajarishi, 1000 funt sterling jarima va 5 ming funt tovon puli to‘lashi lozim.

Court News UK nashriga ko‘ra, 5-iyun kuni Oysulton Nazarboyev joniga qasd qilishiga xalaqit bergan politsiyachini tishlab olgan. Bu uni tanimasligini da’vo qilgan Kseniya Shevelevaning kvartirasida ro‘y bergan. Tergov taxminicha, erkak balkon orqali uning kvartirasiga kirib borgan.

Qozog‘istonning “Zakon.kz” nashri yuz bergan holatning boshqa versiyasini keltirdi: Oysulton Nazarboyev uy eshigini tasodifan yopib qo‘ygan tanish qizning kvartirasiga balkon orqali o‘tgan. Qo‘shnilar politsiyani chaqirgan va ular Oysultonni qo‘lga olgan.

Daily Mail gazetasining qayd etishicha, ushbu hodisadan ikki kun avval politsiya Oysulton Nazarboyev Londondagi mehmonxona balkonidan sakrashining oldini olgandi.

Ma’lumot uchun, Oysulton Darig‘a Nazarboyevaning kichik o‘g‘li hisoblanadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-10-2019, 03:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 84) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют