» » PSJ safarda yirik g‘alabani qo‘lga kiritdi (video)

PSJ safarda yirik g‘alabani qo‘lga kiritdi (video)


18-oktabr, juma kuni Fransiya chempionatining 10-turi start oldi.

Liga 1 peshqadami PSJ safarda “Nitssa” klubiga qarshi bahs yuritdi. Uchrashuvning 15-daqiqada Anhel di Mariya mehmonlarni oldinga olib chiqdi, 21-daqiqada argentinalik futbolchi dublini nishonladi.

67-daqiqada maydon egalari Ignatius Ganagoning golidan keyin hisobni qisqartirdi. O‘yin yakunlanishi Kilian Mbappe va Mauro Ikardilar bir martadan gol urib, hisobni yirik ko‘rinishga olib keldi.

Shu tariqa Tomas Tuxel shogirdlari 24 taga yetkazib olgan holda musobaqa jadvalida peshqadamlik qilmoqda.

Liga 1

10-tur bahsi

Gollar: 0:1 — 15 Di Mariya, 0:2 — 21 Di Mariya, 1:2 — 67 Ganago, 1:3 — 88 Mbappe, 1:4 — 90+1 Ikardi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-10-2019, 06:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 84) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют