» » Yerga yirik asteroid yaqinlashmoqda. U eng xavfli koinot obyektlari ro‘yxatidan o‘rin olgan

Yerga yirik asteroid yaqinlashmoqda. U eng xavfli koinot obyektlari ro‘yxatidan o‘rin olgan


162082 nomli asteroid 25-oktabr kuni Yerga maksimal darajada yaqinlashishi ma’lum bo‘ldi, deb xabar beradi Astronomy Now.

O‘lchami 441—986 metrlar oralig‘ida deya taxmin qilingan kosmik obyekt Yerga 0,04 astronomik birlik masofaga qadar yaqinlashadi. Bu Yer va Oy o‘rtasidagi masofadan 16 barobar ko‘p demakdir. Obyekt sayyoraga 25-oktabr kuni soat 22:21 da eng yaqin masofaga qadar yaqinlashadi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, mazkur asteroid potensial xavfli samo jismlari sinfiga kiradi. Biroq yaqin 120 yil ichida uning Yer bilan to‘qnashish ehtimolligi kam: asteroid 2140-yildagina yanada yaqinroq masofadan uchib o‘tadi.

162082 obyekti 1998-yilning 18-aprelida Nyu-Mexikoda aniqlangan. U Yer orbitasiga tashqi tarafdan kesishuvchi “Apollon” yer atrofidagi asteroidlar guruhiga mansub. Bu turdagi obyeklarning jami soni besh mingdan ortiqni tashkil etadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-10-2019, 12:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 83) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют