» » Turkiya Suriyadan o‘z qo‘shinlarini yaqin vaqt ichida olib chiqmoqchi emas

Turkiya Suriyadan o‘z qo‘shinlarini yaqin vaqt ichida olib chiqmoqchi emas


Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlut Chavusho‘g‘lining ma’lum qilishicha, Turkiya qo‘shinlari mahalliy kuchlar vaziyatni o‘z nazoratiga to‘liq olmaguniga qadar Suriyani tark etmaydi. Bu haqda “Kommersant” xabar bermoqda.

“Mahalliy kuchlar vaziyatni to‘liq o‘z nazoratiga olganidan keyingina biz qo‘shinlarimizni qisman kamaytirish yoki butunlay olish chiqish ehtimolini ko‘rib chiqamiz”, — dedi Chavusho‘g‘li.

Vazir AQSh davlat kotibi Reks Tillerson bilan bo‘lib o‘tgan suhbatda Anqara AQSh mudofaa kuchlarining suriyalik kurdlar bilan hamkorligidan xavfsirashini, bu “davlatlararo munosabatga ta’sir ko‘rsatishi mumkin”ligini ma’lum qilgan.

Eslatib o‘tamiz, Turkiya IShID jangarilariga qarshi operatsiyani o‘tgan yilning 24-avgustida boshlangan edi. Operatsiyaning maqsadi 5 ming kvadrat kilometr hududni terrorchilardan tozalab, u yerda qochoqlar uchun xavfsiz zonani tashkil etishdan iborat edi.

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (1-04-2017, 19:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 57) ( 0) ( 57) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют