» » Alyaskada yo‘lovchi samolyoti suv havzasiga qulashiga sal qoldi

Alyaskada yo‘lovchi samolyoti suv havzasiga qulashiga sal qoldi


Peninsula Airways aviakompaniyasi samolyoti Aleut orollarida (AQSh, Alyaska shtati) avariyali qo‘nishni amalga oshirdi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.

Yo‘lovchi samolyoti Ankorijdan Aleut arxipelagidagi Unalashka shahriga reysni amalga oshirgan. Qo‘nish chog‘ida havo kemasi uchish-qo‘nish maydoni chegarasidan 120 metrga chiqib ketadi va suv havzasiga qulashiga sal qoladi.

Samolyot bortida 39 nafar yo‘lovchi va 3 nafar ekipaj a‘zosi bo‘lgan. Hodisa oqibatida 12 kishi jabrlandi, ulardan ikki nafari og‘ir jarohat olgan. Vashingtonlik 38 yashar erkak halok bo‘lgani bildirilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-10-2019, 15:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 61) ( 0) ( 59) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют