» » Toshkent shahar IIBB qochoq Lacetti’ning rulida 25 yoshli qiz bo‘lganini ma’lum qildi (video)

Toshkent shahar IIBB qochoq Lacetti’ning rulida 25 yoshli qiz bo‘lganini ma’lum qildi (video)


Ijtimoiy tarmoqlarda 18-oktabr kuni Toshkentda oq Lacetti YPX xodimlarining talabiga bo‘ysunmay, ulardan qochayotgani aks etgan videoyozuv tarqalgan edi. Hodisa guvohlari qochoq avtomobil rulida ayol kishi bo‘lganini ma’lum qilgan edi. Ushbu holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati axborot berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, Toshkent halqa avtomobil yo‘li (THAY)ning Olmazor tumanidagi “Ayvon” choyxonasi oldidan o‘tgan qismida 17-oktabr kuni soat 22:35 da YHXB YPX inspektori M.Z. hushtak va jezl bilan Lacetti (davlat raqami 01 D 616 VV) haydovchisiga to‘xtash ishorasini ko‘rsatgan.

Mavzuga doir: Video: Toshkentda Lacetti mingan ayol YPX xodimlaridan qochdi

Haydovchi esa YPX inspektorining talabiga bo‘ysunmay, harakatni katta tezlikda davom ettirgan. Shundan so‘ng YPX xodimi S.X. qoidabuzar haydovchining avtomobilini Lacetti rusumli xizmat avtomobilida (davlat raqami 01 673 VSC) ta’qib qila boshlagan.

Qoidabuzar haydovchi THAY bo‘ylab harakatni davom ettirib, “Uch qahramon” postigacha borgan, so‘ng Amir Temur va Yangishahar ko‘chalari kesishmasidagi aylana chorrahada ma’lum vaqt qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlangan.

“YHXB xodimlari tomonidan ko‘rilgan choralar natijasida soat 22:55 da avtomobil Yunusobodning Kaymakova ko‘chasida (sobiq 17-son shifoxona qarshisida) to‘xtatilgan va Z.A.ga tegishli bo‘lgan avtomobil Toshkent viloyatida yashovchi 25 yoshli Gulira’no A. boshqarib borgani aniqlangan”, — deyiladi IIBB axborotida. Avtomobilni boshqarish uchun zarur bo‘lgan hujjatlar to‘plamidan Gulira’noda faqat ishonchnoma bo‘lgan.

Unga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 135-moddasi (yo‘l harakati qoidalarida nazarda tutilgan hujjatlari bo‘lmagan shaxslarning transport vositalarini boshqarishi) va 194-moddasi (ichki ishlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik) bo‘yicha ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilib, uning avtomobili jarima maydonchasiga joylangan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-10-2019, 18:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 75) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют