» » “Barselona” mehmonda g‘alaba qozonib La Ligada peshqadamga aylandi, “Atletiko” esa o‘z maydonida “Valensiya”ni yuta olmadi (video)

“Barselona” mehmonda g‘alaba qozonib La Ligada peshqadamga aylandi, “Atletiko” esa o‘z maydonida “Valensiya”ni yuta olmadi (video)


Futbol bo‘yicha Ispaniya La Ligasining 9-turi doirasida 19-oktabr, shanba kuni dastlabki 2 ta uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Ernesto Valverde qo‘l ostidagi Kataloniyaning “Barselona” klubi safarda “Eybar”ni sinovdan o‘tkazdi.

Bellashuv davomida “ko‘k-anorranglilar” hujumchilari Antuan Grizmann (13), Lionel Messi (58) hamda Luis Suares (66) bittadan golga mualliflik qildi.

Shu tariqa “Barselona” “Eybar” darvozasiga javobsiz 3 ta gol urib, muhim 3 ochkoga ega bo‘ldi.

Mazkur g‘alabadan so‘ng “Barselona” ochkolari sonini 19 taga yetkazib oldi va musobaqa jadvalida yetakchilikni o‘z qo‘liga oldi. “Eybar” esa 9 ochko bilan 14-o‘rinda bormoqda.

Shu kuni Diyego Simeone boshqaruvidagi Madridning “Atletiko” klubi o‘z maydonida “Valensiya” bilan bahsga kirishdi.

O‘yinning 36-daqiqasida “matraschilar” hujumchisi Diyego Kosta penaltidan raqib darvozasini ishg‘ol qilgan bo‘lsa, 82-daqiqaga kelib “ko‘rshapalaklar” yarim himoyachisi Daniel Parexo hisobni tenglashtirdi.

Shu tariqa uchrashuv 1:1 hisobidagi durang natija bilan yakunlandi va jamoalar bir ochkodan bo‘lishib oldi.

Ma’lumot uchun, “Atletiko” 16 ochko to‘plagan holda musobaqa jadvalida 4-o‘rinda bormoqda. “Valensiya” esa 13 ochko jamg‘arib, 6-o‘rinni band qilib turibdi.

La Liga

9-tur bahslari

18-oktabr, juma

Gol: 1:0 — 38 Duarte

19-oktabr, shanba

Gollar: 0:1 — 13 Grizmann, 0:2 — 58 Messi, 0:3 — 66 Suares

Gol: 1:0 — 36, penalti Diyego Kosta, 1:1 — 82 Daniel Parexo

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-10-2019, 22:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 76) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют