» » Twitter “tuxumli” avatarkalardan voz kechib, o‘rniga hojatxona taxtachalarini eslatuvchi yangilarini qo‘lladi

Twitter “tuxumli” avatarkalardan voz kechib, o‘rniga hojatxona taxtachalarini eslatuvchi yangilarini qo‘lladi


Twitter mikrobloglar servisi tuxum shaklidagi boshlang‘ich avatarkalardan voz kechib, o‘rniga kulrang odam silueti aks etgan avatarkalaridan foydalanishni boshladi. Bu haqda TJournal xabar bermoqda.

Kompaniya vakillarining tushuntirishicha, hojatxonalardagi piktogrammalar yangi avatarkaning yaratilishida ilhom vazifasini bajardi, chunki “ayol va erkak o‘rtasidagi yagona farq – ularning kiyimida”.

Twitter rahbariyati shu yo‘l bilan foydalanuvchilarni o‘z suratlarini ishlatishiga undamoqchi. Shunigdek, kompaniya vakillarining ma’lum qilishicha, “tuxumlar” ko‘rinishi “nafis va quvnoq” bo‘lgani uchun aksariyat foydalanuvchilar ularni o‘zgartirmaydi.

Bu so‘nggi bir necha kun ichida Twitter’da joriy etilgan yagona yangilik emas. 30-martdan e’tiboran tvitga javob berayotganda suhbatdoshning taxallusi 140 belgi ichida inobatga olinmasligi e’lon qilingan edi.

Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (1-04-2017, 19:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 34) ( 0) ( 32) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют