» » Orenburgda yuz bergan YTH oqibatida O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi

Orenburgda yuz bergan YTH oqibatida O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi


Rossiyaning Orenburg viloyati Pervomayskiy tumanida 18-oktabr kuni yuz bergan yo‘l transport hodisasi oqibatida O‘zbekiston fuqarosi A.R. halokat joyida vafot etdi. Bu haqda O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi xabar bermoqda.

O‘zbekistonning Qozon shahridagi Bosh konsulxonasi vaziyatni nazoratga olgan. “Konsulxona marhumning jasadini Vatanga yuborish bilan bog‘liq konsullik-huquqiy va tashkiliy masalalar bilan shug‘ullanmoqda”, — deyiladi xabarda.

Qo‘shimcha qilinishicha, Tashqi ishlar vazirligining Konsullik-huquqiy departamenti marhumning oila a’zolari va yaqinlariga ta’ziya bildirgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-10-2019, 11:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 81) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют