» » Tanzila Norboyeva Yaponiya imperatorining taxtga o‘tirish marosimida ishtirok etadi

Tanzila Norboyeva Yaponiya imperatorining taxtga o‘tirish marosimida ishtirok etadi


Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Norboyeva joriy yil 22—24-oktabr kunlari Yaponiyaga tashrif buyuradi. Bu haqda Oliy Majlis Senati matbuot xizmati xabar berdi.

Tashrif doirasida Yaponiya parlamenti Maslahatchilar palatasi prezidenti A.Santo bilan muzokaralar hamda qator ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Oliy Majlis Senati raisi Yaponiyaning yangi imperatori Naruxito taxtga o‘tirishi munosabati bilan o‘tkaziladigan tantanali marosimda ishtirok etadi.

Avvalroq, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2019-yil dekabrida Yaponiyaga safar qilishi mumkinligi haqida xabar berilgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-10-2019, 13:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 94) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют