» » DXX O‘zbekiston—Qozog‘iston chegarasida yuzaga kelgan tirbandlikka izoh berdi

DXX O‘zbekiston—Qozog‘iston chegarasida yuzaga kelgan tirbandlikka izoh berdi


Qozog‘istonning “Tajen” chegara bojxona posti va Qoraqalpog‘iston Respublikasida joylashgan “Dovud ota” chegara bojxona posti o‘rtasidagi yo‘lda transport vositalarining to‘planishi va tirbandliklar yuzaga kelgan. Bu haqda O‘zbekiston Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlari matbuot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi.

DXX tomonidan xabar berilishicha, Qozog‘istonning “Tajen” chegara bojxona postida uch kun mobaynida yuzaga kelgan texnik nosozliklar sababli haydovchilardan O‘zbekiston va Qozog‘iston chegarasini kesib o‘tishda boshqa yo‘nalishni tanlash so‘raladi.

O‘zbekiston Chegara qo‘shinlari matbuot xizmati qozog‘istonlik chegarachilar yaqin vaqt ichida ushbu texnik nosozlikni bartaraf etishiga umid bildirmoqda.

Avvalroq Qozog‘istonning “Tajen” chegara bojxona postidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi “Dovud ota” chegara bojxona postiga kirishda 40 ta “fura” tirbandlik sababli navbatda turgani haqida xabarlar tarqalgan va O‘zbekiston Davlat bojxona qo‘mitasi bu xabarlarga munosabat bildirgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-10-2019, 21:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 80) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют