» » Donald Tramp: O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar va taraqqiyot jarayoni bizni ham mamnun etmoqda

Donald Tramp: O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar va taraqqiyot jarayoni bizni ham mamnun etmoqda


AQSh prezidenti Donald Tramp O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni Navro‘z bayrami bilan tabrikladi. Trampning tabrik maktubi matni O‘zA tomonidan e’lon qilingan.

Amerika xalqi nomidan Sizni, oilangizni va butun O‘zbekiston xalqini Navro‘z bayrami bilan tabriklash, baxt-saodat va farovonlik tilash menga katta mamnuniyat bag‘ishlaydi. Ushbu yangilanish va uyg‘onish ayyomini Sizlar bilan birga ko‘plab amerikaliklar ham nishonlaydi.

O‘zbekiston Prezidenti etib saylanganingizdan so‘ng Sizning rahbarligingizda mamlakatning barcha sohalarida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar va taraqqiyot jarayoni bizni ham mamnun etmoqda.

Amerika xalqi va biznes vakillari O‘zbekiston bilan hamkorligimizni yanada rivojlantirishning yangi yo‘nalishlari bo‘yicha izlanmoqda. Navro‘z muborak !

Samimiyat bilan,
Donald Tramp, AQSH prezidenti

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (1-04-2017, 21:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 82) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют